7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami muborak bo'lsin!

  • Asosiy
  • 7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami muborak bo'lsin!

#TATU
#Aloqachilar_kuni
#Tabrik

🏛7-may Aloqachilar kuni kasb bayrami muborak bo‘lsin!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish Respublikamizdagi boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Oʼzlarini kundalik mehnatlari bilan aloqa sohasi xodimlari mamlakatimiz rivojiga katta hissa qoʼshmoqdalar. Shuning uchun ularni mehnatlari qadrlash, eʼzozlash zarur!

Aloqachilar kasb bayramini nishonlash uchun ushbu sana bejiz tanlanmagan. Maʼlumki, 1895 yil 7 may kuni Aleksandr Popov birinchi radiopriyomnikni loyihalashtirdi va simsiz aloqa asosida birinchi seansni amalga oshirdi. Ushbu sana yillar davomida aloqachilar kasb bayramini nishonlanishiga asos boʼldi.