
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yiI 16-oktabrdagi PF-158-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida TATU ishchi guruhi Bo‘ka tuman politexnikumi va Oqqo‘rg‘on tuman 1-son politexnikumiga tashrif buyurib, texnikumlardagi mavjud holat va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif jarayonida universitet ishchi guruhi tomonidan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo‘yicha kelgusida bajariladigan aniq vazifalar belgilandi.