
🚍 ICT Week Uzbekistan 2025 ishtirokchilari uchun BEPUL avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi!
23–26-sentyabr kunlari Toshkentda yilning eng yirik texno-haftaligi — ICT Week Uzbekistan 2025 start oladi.
4 kun davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya va kelajak texnologiyalariga oid yirik forumlar, startaplar, uchrashuvlar va innovatsiyalarning guvohi bo‘ladilar.
❗️ DIQQAT! tashrif buyuruvchilar uchun quyidagi manzillardan soat 8:00 dan 18:00 gacha har soatda BEPUL avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
• 🚇 «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati
• 🏨 «O‘zbekiston» mehmonxonasi
• 🏢 IT Park Uzbekistan (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy)
📍 Manzil: CAEx, Toshkent
✍️ Ro‘yxatdan o‘tish: ictweek.uz/uz/register/visitor