
Ayni damda Turkiyaning Istanbul shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Global Barqaror Rivojlanish Kongressi” doirasida universitetlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan Oʻzbekiston pavilyonida nufuzli OTMlar qatorida TATU o‘z stendi bilan ishtirok etmoqda. Butun dunyo yetakchi universitetlari jamlangan ushbu tadbir davomida yetakchi kompaniyalar, xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar va yalpi majlislar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, THE Impact Rankings 2025 reytingining e’lon qilinish tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun: O‘tgan yilgi THE Impact Rankings 2024 reytingida dunyoda TOP 1001-1500 o‘rindan joy olgan edi.