Universitetimizda milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" oyligi bo'lib o'tmoqda.

  • Asosiy
  • Universitetimizda milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" oyligi bo'lib o'tmoqda.

Universitetimizda milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" oyligi bo'lib o'tmoqda.

Milliy liboslarimizni tarannum etuvchi chellenj va fleshmoblar tanlovi kesimida O'zbek xalqining o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos  xususiyatlarini mujassam qilgan videoroliklar fakultetlar va kafedralar tomonidan taqdim etildi.

“Xon atlas” oyligi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda xalqimizning ming yillik tarixiy merosi, urf-odat va an’analari, nozik didi, estetik qarashlari hamda milliy liboslarimizning betakror go‘zalligi yorqin tarzda namoyon bo‘lmoqda.

Milliy atlas va adras liboslarining jilosi, qadimiy naqshlarining tarovati zalga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.