
Yusupova Natalya Yuryevna – O‘zbekistondan FICC hakamlar hay’atiga kiritilgan yagona vakil bo‘lib, federatsiya nomidan eng yaxshi film uchun mukofotni topshirish sharafiga muyassar bo‘ldi. FICC o‘zining mustaqil yondashuvi bilan mashhur bo‘lib, bu yilgi festival yakuniga ko‘ra maxsus “Колючий взгляд” mukofoti eng yaxshi filmga topshirildi.
Mazkur ishtirok xalqaro hakamlik, festivalni tashkil etish tajribasini boyitish hamda jahon kinoijodkorlari bilan aloqalarni mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Festival doirasida turli janr va yo‘nalishlardagi 200 dan ortiq filmlar namoyish etildi.