Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

9-sinf bitiruvchilari vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali akademik litseyga hujjat topshirishlari mumkin.

Akademik litseyda 2 ta yo‘nalish mavjud, bular:

✅ Aniq fanlar 1(texnika) - Matematika va Fizika fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.

✅ Aniq fanlar 2(iqtisod) - Matematik va Ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o‘qitiladi.

✅Akademik litsey bitiruvchilariga ishlash imkoniyatini beruvchi, "Elektron hujjatlar bilan ishlash mutaxassisi" sertifikati taqdim qilinadi.

✅Akademik litsey o‘quvchilari 2-kursda bepul CEFR topshirish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

✅Iqtidorli o‘quvchilar 2-kursdan boshlab vazirlik va universitet tomonidan taqdim etiluvchi stipendiyalarni qo‘lga kiritishlari mumkin.

Hujjat topshirish sanasi: 10-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham)

📞Murojaat uchun: +998 71 235 0369