Hurmatli TATU talabalari!

  • Asosiy
  • Hurmatli TATU talabalari!

Joriy yilning 17-iyun kuni TATU talabalari uchun, “Dolzarb 90 kun” loyihasi va “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida, Yunusobod tumani hokimligi hamda Yunusobod tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda 💼 "Karyera kuni" bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

⭐️ Yarmarkada, yurtimizda faoliyat olib borayotgan nufuzli kompaniya va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishadi.  Jumladan:

➡️ O‘zbektelekom.AJ;
➡️ Mobi,uz;
➡️ "O‘zmilliybank"AJ;
➡️ Kapitalbank.ATB;
➡️ Alskom sug‘urta kompaniyasi va shu kabi boshqa turli yo‘nalishlarda faoliyat olib boradigan yirik korxonalar tashrif buyurishadi.

❗️ Barcha TATU talabalari va bitiruvchilarini yarmarkaga taklif qilib qolamiz!

😉 Ha aytgancha, o‘zingiz bilan ma’lumotnoma va rezyume olishni unutmang. Bu albatta sizning o‘zingizga mos nufuzli ish o‘riniga ega bo‘lish imkoniyatingizni yanada oshiradi.

✅ Nufuzli korxonalardan biriga ishga joylashish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📆 Sana: 17-iyun
⏰ Soat: 10:00
📍 Manzil: TATU.

Hurmat bilan,
TATU Karyera markazi jamoasi!