Joriy yilning 17-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 17-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Ushbu tadbirda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi markaziy banki, O‘zbekiston milliy banki va boshqa tashkilotlarning ma’sul hodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida, 2025-yil 14-fevraldagi Davlatimiz Rahbarining “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-61-son qarorida belgilangan vazifalar hamda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “O‘zmilliybank” AJ tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar paketi hamda bitiruvchilarning biznes loyihalarini moliyalashtirish tartibi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.