
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan, “Global Yoshlar Forumi” doirasida Belarusning Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda TATU delegatsiyasi vakillari, O‘zbek-Belarus qo‘shma axborot texnologiyalari fakulteti talabalari ishtirok etdi. Tadbir ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, madaniy almashinuvni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Dastur davomida ikki davlat madhiyalari yangradi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shuningdek, milliy raqslar, mualliflik qo‘shig‘i va o‘zbek hamda belarus dizaynerlari tomonidan yaratilgan ijodiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.