Bugun, 27-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining investitsiyalar va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Egamberdiev Jamshid Sharifjonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida yangi Davlat xususiy sherikchiligi asosida qurilayotgan 400 o‘rinli talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.
✅Jamshid Sharifjonovich qurilish jarayonida talabalarga yaratilayotgan sharoitlarni tahlil qilib aniq taklif va tavsiyalar berib o‘tdilar.