Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash, talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2023-yil 4-sentabrdan yuqoridagi 31 ta oliy ta’lim maskani (rasmda👆) talabalari oʻzgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
☝️Eslatib oʻtamiz, Prezident Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/6324664)ga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1 – 3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha davlat oliy va professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.