📷 Jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, universitetdagi iqtidorli talabalarni aniqlash, talaba yoshlar orasida robototexnika, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini yangi g‘oyalar va innovatsiyalar asosida tijoratlashtirish bo‘yicha startap loyihalarni rivojlantirish, talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish hamda rag‘batlantirishni maqsad qilgan - "3I: Idea, invention and innovation" talabalar ishlanmalari va g‘oyalari tanlovidan fotolavha.
📍 TATU hamda uning hududiy filiallari talabalarining 200 ga yaqin ishlanmalari bilan tanishish istagida bo‘lganlarni Oliygohimiz yangi sport zalida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmaga taklif etamiz.