Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

  • Asosiy
  • Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyasining Minin nomidagi Nijegorod davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Muhokamalar davomida IT sohasida kasbiy ta’lim, texnologik ta’lim va boshqa bir qator kasbiy malakani oshirish hamda o‘qitishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, qo‘shma loyihalar va ta’lim dasturarini tashkil etish bo‘yicha har ikki universitetning imkoniyatlari o‘rganildi. Mehmonlarga universitetda yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim va tadqiqot laboratoriyalari, talabalar va tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari tanishtirildi.