Har haftalik o‘quv soati natijalari muhokamasi  bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish 33-son BAYONNOMASI

  • Asosiy
  • Har haftalik o‘quv soati natijalari muhokamasi  bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish 33-son BAYONNOMASI

 

Har haftalik o‘quv soati natijalari muhokamasi

 bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish

33-son BAYONNOMASI

Sana: 10.09.2021-yil                                                             Toshkent sh.

 

 

   Yig‘ilish raisi:                                         B.Maxkamov - Muhammad al-Xorazmiy

                                                                    nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari      

                                                                    universiteti rektori. 

   Qatnashdilar:                                         Sh.Sadullayev-O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor,

                                                                    K.Tashev-Ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo‘yicha

                                                                    prorektor, F.Aripjanov-Moliya-Iqdisod ishlari

                                                                    bo‘yicha prorektor, hamda universitetning barcha

                                                                    bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari  kafedra  

                                                                    mudirlari va ma’sul mutaxassislari                                                         

 

                                                             KUN TARTIBI:

 

                 Har xaftalik o‘quv soati natijalari muhokamasi to‘g‘risida                                                            

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilingan Qaror va Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qaror va Farmoyishlari hamda Qonunchilikda qabul qilingan yangi qonunlar to‘g‘risida.

 

Yig‘ilishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov ochib berib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha  quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

            Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi                 PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huququiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar mahkamasinig “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori, Vazirlikning 2020-yil 2-oktyabrdagi 508-sonli va 557-son buyrug‘i, Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi                  (26.11.2020 y., 32-10-son) ijrosi yuzasidan har haftalik o‘quv soati o‘tkazilayotganligi takidlab o‘tdi.

 

Yig‘ilish raisi Universitet yuriskonsulti T.Tojibayevga so‘z berdi.

 

 Universitet yuriskonsulti T.Tojibayev Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining  2019-yil 18-dekabrdagi 718-son buyrug‘i bilan  davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan,  mahalliy davlat hokimiyati organlarida  har haftalik huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soatlarini  joriy etish va muntazam ravishda  o‘tkazib borilishini tashkil etish, asosan huquqiy targ‘ibotni  amalga oshirish, univrsitet  xodimlariga qabul qilinayotgan  qonun hujjatlarining mohiyati  va ahamiyatini  yetkazish, xodimlarning huquqiy savodsizligini bartaraf etish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash maqsadida Muhammad                                al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2020-yil                   24-fevralda o‘tkazilgan xodimlarga qonun hujjatlari  mazmun-mohiyatini yetkazish to‘g‘risida 07.02.2020 yildagi 41-F Universitet Rektorining Farmoyishi bo‘yicha quyidagi  qonunchilikdagi  tegishli yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi:

     

 

“Baholovchining Malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida 2021-yil 06-sentabrda 3153-son O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining buyrug‘i qabul qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 
va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi
805-son “Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 5-martdagi 01/10-12/49-son “Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3153, 2019-yil 15-aprel) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 10/19/3153/2939-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
  2. Mazkur buyruq “O‘zbekiston baholovchilar jamiyati” Jamoat birlashmasi va Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
  3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

 

 

Eksportchi Korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 2021-yil 07-sentabrda PF-6306-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.

Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni va 2021-yil 13-iyuldagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-5184-son qaroriga asosan eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari                              va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni                qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 200 million AQSh dollari ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.
  2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining 2021-yil 1-oktabrdan boshlab:

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar 5 million AQSh dollarigacha miqdorda hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi;

oxirgi o‘n ikki oy davomida 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to‘lanishini ta’minlash talab etilmagan holda 120 kunga to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishli o‘zgartirish                     va qo‘shimchalar kiritish.

  1. Belgilab qo‘yilildi:

tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan jarimalar qo‘llanilishi, shuningdek, ushbu Farmon kuchga kirguniga qadar qo‘llanilgan jarimalar undirilishi 2021-yil  31-dekabrga qadar to‘xtatildi;

2021-yil 1-oktabrdan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o‘lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko‘tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilindi;

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash va o‘zgartirish kiritish huquqi berildi.

  1. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov) ikki hafta muddatda:

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibiga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin;

Yevropa mamlakatlariga qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tizimini bir yil muddatga joriy etish;

sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyolar, o‘lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko‘tarish moslamalari                       va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydigan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega davlatlar ro‘yxatini tasdiqlash.

  1. Belgilandi, tariq (TIF TN kodlari 1008 21 000 0, 1008 29 000 0), quritilgan dukkakli ekinlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 10 000 0), meva va yong‘oqlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 30 900 0) eksporti uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
  3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklandi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentabrdagi                                 PF-6306-son Farmoniga
ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksport qilinishini rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5286-son Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matnida:
  2. a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

3.

Zerno: pshenitsa, roj, yachmen, oves, kukuruza, ris, grechixa

gruppa 10 (krome 1008 21 000 0, 1008 29 000 0)

”;

  1. b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

4.

Muka, krupa

1101 00 — 1106 (krome 1106 10 000 0, 1106 30 900 0)

”;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6042-son Farmonida:
  2. a) 1-banddagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi;
  3. b) 1-ilovaning nomidagi “Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari “Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirildi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6091-son Farmoni 5-bandining uchinchi xatboshisi “1 million AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda” so‘zlaridan keyin “(yillik eksport hajmi 20 million AQSh dollaridan oshgan eksport qiluvchi korxonalarga 5 million AQSh dollarigacha ekvivalentda)” so‘zlari bilan to‘ldirildi.

 

Xalqaro Shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida 2021-yil 07-sentabrda 5242-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:

  1. Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida 2021-yil 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida imzolangan Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilansin.
  3. Quyidagilar:

Tojikiston-O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda — Kompaniya) 12 million AQSh dollari miqdoridagi boshlang‘ich ustav kapitali hamda investitsiya portfeli shakllangan sari uni 50 million AQSh dollarigacha bosqichma-bosqich yetkazish sharti bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil qilinishi;

o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha ishtirokchilarni jalb qilish imkoniyati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Kompaniya ustav kapitalini shakllantirishdagi ulushi 75 foizni hamda Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi “Tajinvest” davlat unitar korxonasining ulushi 25 foizni tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston tomoniga quyidagilar to‘g‘risida tegishli bildirishnomani yo‘llash:

mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilanganligi;

Kompaniya Kuzatuv kengashi a’zoligiga O‘zbekiston Respublikasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Sh. Qudratov hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevning nomzodlari taqdim etilishi;

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.A. Vafayevga Kompaniyaning ustavini imzolash vakolati berilganligi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta’minlash.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi.

 

Majlis yakunida ushbu tanishtirilgan qonun,qarorlar va buyruqlar  bilan tanishtirish o‘tkazilgani to‘g‘risida quyidagicha  qaror qilindi;

 

1.Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari qayd etilgan  qonunchilikda kiritilgan yangiliklar  ma’lumot va ishda qo‘llash uchun qabul qilinsin.

2.Universitetning  tegishli bo‘linmalari  qonunchilik talablariga  rioya etilishini  ta’minlasin.

3.Yuriskonsult (T.Tojibayev) o‘tkazilgan majlis natijalariga ko‘ra ma’lumotlarni Vazirlik bo‘limiga va Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limiga yetkazilishini ta’minlansin.

 

 

Bayonnoma tuzuvchi-

TATU yuriskonsulti,

2-darajali adliya maslahatchisi                                           T.A. Tojibayev.