
Sizni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli Ilmiy kengashda boʻlib oʻtadigan dissertatsiya himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy kengash majlisida quyidagi ishlar ko‘rib chiqiladi:
- Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Navoiy boʼlimi tadqiqotchisi Bozorov Bahriddin Nizomovichning 01.10 - “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Oltin qazib olish shaxtalarida inson xavfsizligini ta’minlashning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 26-iyun soat 1400.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU tadqiqotchisi Hamzayev Jamshid Fayzidin o‘g‘lining01.04 ‒ “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Trafik oqimlariga intellektual ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi, 2025-yil 26-iyun soat 1600.
Ilmiy kengash majlisi 2025-yil 26-iyun kuni soat 1400 da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TАTU “E” bino 101-xonada bo‘lib o‘tadi.