TUIT_CSC jamoasi xalqaro “Winter Camp in Georgia” dasturida ishtirok etmoqda

  • Asosiy
  • TUIT_CSC jamoasi xalqaro “Winter Camp in Georgia” dasturida ishtirok etmoqda

“Cyber Guard CUP 2025” kiberxavfsizlik xakatonida g‘olib bo‘lgan Kiberxavfsizlik fakulteti talabalaridan iborat TUIT_CSC jamoasi ayni kunlarda Gruziyaning Bakuriani shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Winter Camp in Georgia” o‘quv dasturida ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv dasturi Gruziyaning Scientific Cyber Security Association tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda tajribali xalqaro mutaxassislar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amaliy treninglar olib borilmoqda:
• Ethical Hacking;
• Python Scripting for Security;
• Cryptography / Post-Quantum Cryptography (PQC);
• Penetration Testing.

🗣Treninglar davomida ishtirokchilarda:
• kiberhujumlarni aniqlash;
• insidentlarga tezkor javob berish;
• axborot tizimlari va tarmoqlarini himoyalash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.

👨‍🏫TATU terma jamoasiga
• N. Nasrullayev,
• O. Allanov,
• Q. Umurzoqov
murabbiylik qilib kelmoqda.

Ushbu xalqaro dastur TATU talabalarining kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.