Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 302-maktab o'quvchilari tashrif buyurishdi

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 302-maktab o'quvchilari tashrif buyurishdi

Joriy yilning 11-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yunusobod tumanidagi 302-maktab o'quvchilari tashrif buyurishdi

O'quvchilarni Iqtisod fakulteti, marketing va menejment kafedrasi, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini M. Miryoqubov universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi hamda bugungi kunda maktab o'quvchilari uchun axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar mavjudligi haqida ham ma'lumotlar berib o'tdi. O'quvchilarga qisqacha ekskursiya uyushtirilib, universitet istiqbollari haqida so'zlab berildi.

Maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilayotgan bunday ekskursiyalar IT sohasini yoshlar o‘rtasida ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday qilib, ular eng talabchan faoliyat sohalaridan biri haqida shaxsan o‘rganishlari, qolaversa, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari va universitet professor-o'qituvchilari bilan muloqot qilishlari mumkin.