30-iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash hamda yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatimizda “Yoshlar oyligi” o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, 21-iyun kuni Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Unda yoshlar tomonidan ko‘tarilgan taklif, muammo, loyiha va tashabbuslar shaxsan vazirlar tomonidan joyida o‘rganilib, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.