Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Ibrohimov Bahrom Sobirjonovich Yunusobod tumani xalqi bilan, joriy yilning 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan referendum bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
📌Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad - yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini ochib berish va saylov jarayonlarida faol bo‘lishga chaqirishdan iborat.