$30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha “IT Park Cup” chempionati!

  • Asosiy
  • $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega sport dasturlash boʻyicha “IT Park Cup” chempionati!

✅ 28-noyabrda $30 000 sovrin jamgʻarmasiga ega, IT Park va Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda tashkil qilingan sport dasturlash boʻyicha Oʻzbekistondagi ilk onlayn chempionat start oladi.

Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlari boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

✔️ Chempionatda 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan barcha xohlovchilar IT sohasida bilimi bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar ishtirok etishlari mumkin.

Muhimi:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish.
- One Million Coders kurslaridan birini bitirganlik haqida sertifikatga ega boʻlish.

ℹ️ Maʼlumot oʻrnida:.
epark.uz saytida sport dasturlash boʻyicha oʻzbek tilida kurslar mavjud.

➡️ Chempionat va qoidalar haqida batafsil: https://clck.ru/S68nb

Ishtirok etish uchun havola boʻyicha oʻtib, roʻyxatdan oʻting:
https://sport-programming.uz/