🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faol talabalari "Talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o'rganish, madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish" maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan "Ma'rifat maydoni" tanlovida universitetimiz talabalari 3-o'ringa loyiq deb topilib, keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.