"Animatsiya va uni yaratishning zamonaviy usullari" mavzusida animatsiya, 2D va 3D modellashtirish bo'yicha qiziqarli mahorat darsi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • "Animatsiya va uni yaratishning zamonaviy usullari" mavzusida animatsiya, 2D va 3D modellashtirish bo'yicha qiziqarli mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Bugun, 18-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Media markazida ushbu soha mutaxassisi Bahodir Karimovning "Animatsiya va uni yaratishning zamonaviy usullari" mavzusida animatsiya, 2D va 3D modellashtirish bo'yicha qiziqarli mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Bahodir Karimov 3D modellashtirish va animatsion personajlarni yaratish bo'yicha mutaxassis, 9 yillik ish tajribasi mobaynida Netflix va Disney uchun loyihalar ustida ishlagan.

Master-klass davomida dunyoda va O'zbekistonda zamonaviy animatsiya, yaqin kelajakda uni rivojlantirish yo'llari, zamonaviy yoshlar uchun o'qitish imkoniyatlari va masalalar muhokama qilindi