26-yanvar — Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni
Bugungi kun munosabati bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, davlat chegaralarida qonuniylik va tartibni mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha bojxona xodimlarini samimiy muborakbod etadi.
Sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti, tashqi savdo aloqalarining izchil rivoji hamda davlat manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu kasb bayrami munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy totuvlik, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz.