24 soat ichida o‘zingizning birinchi o‘yiningizni yarating!

  • Asosiy
  • 24 soat ichida o‘zingizning birinchi o‘yiningizni yarating!

“Guided Hackathon: Game Development”

💻24 soat ichida o‘zingizning birinchi o‘yiningizni yarating!

O‘yin yaratishni orzu qilganlar uchun bu — haqiqiy sinov!
“Guided Hackathon: Game Development” sizni Java va Android yordamida mini-o‘yinlar ishlab chiqish olamiga olib kiradi.

⏺Bu hackathon nimasi bilan boshqacha?
Bu oddiy raqobat emas — bu yo‘naltirilgan, amaliy va ijodkorlikka asoslangan tajriba.

💬Mentorlar sizga loyihangizni rivojlantirishda yordam beradi, siz esa 24 soat ichida o‘z g‘oyangiz asosida ishlaydigan o‘yin prototipini yaratasiz!

🗣Yo‘nalishlar:
⏺ Mobile Game Development — Android uchun mini-o‘yin yaratish;
⏺ Desktop Game Development — Java asosida o‘yin ishlab chiqish.

🏆Mukofotlar:
Eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar sertifikatlar va sovg‘alar bilan taqdirlanadilar!

📆Sana: 18–20 oktabr.
📍Joy: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti (TATU).


Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting. 

❗️Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar 18-oktabr kuni soat 09:00 da E o‘quv binosi, 313-xonada bo‘lishlari kerak.