23–25 iyun kunlari Farg'ona davlat texnika universitetida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” final bosqichi bo'lib o'tmoqda

  • Asosiy
  • 23–25 iyun kunlari Farg'ona davlat texnika universitetida “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” final bosqichi bo'lib o'tmoqda

Bugun Farg‘ona shahri nafaqat texnika, balki raqamli innovatsiyalar va yoshlar salohiyatining markaziga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar kibersport o‘yinlari – Farg‘ona 2025” Respublika chempionatining final bosqichi 23-iyun kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.

🖇Mazkur loyihada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan saralab olingan 64 ta jamoa (300 nafar ishtirokchi) 4 ta yo‘nalish – Counter Strike 2, DOTA 2, SPORTS FC 25 va Just Dance bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

🗒 Musobaqaning ochilish marosimidan so‘ng qur’a tashlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchi jamoalar to‘rt yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tartibda raqiblarini aniqlab oldi.

Counter Strike 2 yo‘nalishida — 16 ta jamoa,

DOTA 2 yo‘nalishida — 16 ta jamoa,

SPORTS FC 25 yo‘nalishida — 16 ta jamoa,

Just Dance yo‘nalishida esa — 12 ta jamoa o‘zaro bellashish uchun qur’aga tashlandi.

🏛 Mazkur musobaqada TATU’dan Dota2 hamda Sports FC 25 yo‘nalishi bo‘yicha talabalar Toshkent shahar bosqichi g‘oliblari (Toshkent sh-2) sifatida ishtirok etishmoqda. Hozirgina Sports FC 2025 kibersport yo‘nalishi bo‘yicha talabalamiz Xorazm viloyati g‘olibiga qarshi bellashib 5-2, 7-2 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi bosqichda Namangan va Jizzax viloyatlari bellashuvi g‘olibiga qarshi kuch sinashadi.

😎 Dota2 kibersport yo‘nalishi bo‘yicha esa terma jamoamiz soat 20:00 da Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan musobaqa g‘oliblariga qarshi o‘ynashadi.

Musobaqalarni quyidagi havolalar orqali jonli efirda kuzating:

😎 Dota 2 ——>Jonli efirga ulanish uchun ushbu havolaga kiring

⚽️ (https://youtu.be/BNFGoyUGJKU)(FC25)——>Jonli efirga ulanish uchun ushbu havolaga kiring