22 yoshli dasturchi qiz “Zulfiya” mukofotini oldi

  • Asosiy
  • 22 yoshli dasturchi qiz “Zulfiya” mukofotini oldi

Biybinaz Turemuratova Kenesbay qizi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali "Kompyuter injiniringi" fakulteti, "Kompyuter injiniringi" mutaxassisligi 1-bosqich magistranti.

Biybinaz Turemuratova 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi va shu bilan birga 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezilidiyumining qarori asosida "Umid uchquni" va 2024-yilda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.