Tashrif davomida delegatsiya a’zolariga universitetda yaratilgan sharoitlar, jumladan, ilg‘or muhandislik maktabida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, uchrashuvda BIT va TATU talabalari hamda professor-o‘qituvchilari uchun mobillilik dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tashriflar doirasida ma’ruzalar, seminar-treninglar tashkil etish, qisqa muddatli amaliyot o‘tashni yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun:
Beijing Institute of Technology (BIT)ga 1940-yilda asos solingan bo‘lib, Xitoyning yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet xalqaro QS va THE WUR reytinglarida TOP 200 talikda qayd etilgan.