


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tilim — millatim faxri, qalbim iftixori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizning go‘zalligi, so‘z qudrati va betakror jozibasini tarannum etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Badiiy chiqishlar orqali ona tiliga muhabbat, milliy gʻurur va o‘zlikni anglash tuyg‘ulari ifoda etildi.
💬 Ona tili — millatning ruhi, xalqning tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Uni e’zozlash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, kundalik hayotda to‘g‘ri va ravon qo‘llash, ayniqsa, yosh avlodga tilimizning bebaho meros ekanini anglatish barchamizning mas’uliyatimizdir. Zero, ona tiliga bo‘lgan hurmat — Vatanga, milliy qadriyatlarga va ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmat ifodasidir.