21-Mehribonlik uyida “Elektronika va sxemotexnika” bo‘yicha master-klass darslari o’tkazildi.

  • Asosiy
  • 21-Mehribonlik uyida “Elektronika va sxemotexnika” bo‘yicha master-klass darslari o’tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va mobil aloqa fakulteti, Elektronika va radiotexnika kafedrasi o‘qituvchilari Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga 2021-yil 3-noyabrdagi tashrifi chog‘ida kelishuvga binoan Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining kuzgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 9-noyabr kuni “Elektronika va sxemotexnika” bo‘yicha master-klass darslari o‘tkazildi.

📌Dars jarayoni faqat nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, kichik-kichik sxemalar yig‘ish, raqamli qurilmalarning ishlashi va sxemotexnika bo‘yicha ko‘rgazmali, amaliy tarzida tashkil qilindi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari juda katta qiziqish bildirishdi.