2027-yil uchun doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlandi!

  • Asosiy
  • 2027-yil uchun doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka qabul boshlandi!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2027-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajyor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli e’lon qilindi.

2027-yil uchun jami 61 ta o‘rin ajratilgan:

🔺DSc — 7 ta
🔺PhD — 45 ta
🔺Maqsadli PhD — 2 ta
🔺Maqsadli DSc — 1 ta
🔺Stajyor-tadqiqotchilik — 6 ta

Hujjatlar 15-sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi.



Hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona elektron tizim orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

 Qabul yo‘nalishlari, kvotalar va talab etiladigan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot e’londa keltirilgan.