2026-yilning 11-martida Rossiya federatsiyasining Moskva aloqa va informatika texnika universitetida "Digital Forensics Award" nominatsiyasida “Capture The Intruder” xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Xitoy, Vetnam, Belarus va O‘zbekiston kabi 12 davlatdan jami 30 ta jamoa ishtirok etdi

  • Asosiy
  • 2026-yilning 11-martida Rossiya federatsiyasining Moskva aloqa va informatika texnika universitetida "Digital Forensics Award" nominatsiyasida “Capture The Intruder” xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Xitoy, Vetnam, Belarus va O‘zbekiston kabi 12 davlatdan jami 30 ta jamoa ishtirok etdi

 

 

2026-yilning 11-martida Rossiya federatsiyasining Moskva aloqa va informatika texnika universitetida "Digital Forensics Award" nominatsiyasida “Capture The Intruder” xalqaro kiberxavfsizlik musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Xitoy, Vetnam, Belarus va O‘zbekiston kabi 12 davlatdan jami 30 ta jamoa ishtirok etdi. Talabalar oʻzlarining professional mahorati, analitik fikrlashi va vaqt cheklangan sharoitlarda qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar.

🥉Ushbu musobaqada TATU ning BlackChain jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

👨‍💻G‘olib jamoa a’zolari:
• Umirzoqov Quvonchbek;
• Sobitjonov Komiljon;
• Xodjiakbarov Azamat.

✅ Qo‘lga kiritilgan ushbu yutuq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalari xalqaro maydonda raqobatdosh ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

👏 Shuningdek, universitetimiz sharafini himoya qilgan TUIT_CSC jamoasi esa 8-o‘ringa sozovor bo‘ldi:
• Vahobov Xojiakbar;
• Vertushkin Roman;
• Abdumannonov Shohjahon.

🎁Jamoa a’zolari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🎉 G‘olib va sovrindor talabalarimizni muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ularga katta zafarlar tilaymiz!