2026-YIL UCHUN “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVI E’LON QILINADI!

  • Asosiy
  • 2026-YIL UCHUN “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVI E’LON QILINADI!

 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” Respublika tanlovining universitet saralash bosqichi e’lon qilinadi.

 Tanlovning maqsadi — innovatsion va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kreativ g‘oyalarni aniqlash hamda Respublika bosqichi uchun eng yaxshilarini saralab olish.

 Ishtirokchilar:
Bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari

Baholash mezonlari:
 Ilmiy va innovatsion yangilik;
 Dolzarblik;
 Mavjud analoglardan ustunligi;
 Xarajatlar smetasining asoslanganligi;
 Amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar.

 Eslatma: Ushbu mezonlar taqdimot materiallarida to‘liq va asoslangan holda yoritilishi shart.

 Arizalar 2026-yil 20-martga qadar havola orqali qabul qilinadi

 Tanlov yakunida eng yaxshi 3 ta g‘oya saralab olinadi hamda Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

 G‘oliblarni taqdirlash marosimi: 1-aprel 2026-yil

 Mas’ul: N.M. Axmedov, A. Boqiyev
 Murojaat uchun:
+998 93 565 70 15
+998 97 318 55 56

 O‘z kreativ g‘oyangizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!