2026-yil III chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat jarayoni o‘tkazildi
- Asosiy
- 2026-yil III chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat jarayoni o‘tkazildi


2026-yil III chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka suhbat jarayoni o‘tkazildi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida 2026-yil 25-may kuni mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur suhbat 2026-yilning III choragi uchun hujjat topshirgan nomzodlarning:
ilmiy salohiyati,
tadqiqot yo‘nalishlari,
ilmiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida tashkil etildi.
E’tiborga molik jihati shundaki, mustaqil izlanuvchilikka xorijiy fuqarolar tomonidan ham arizalar kelib tushdi. Ularning ishtirokini ta’minlash maqsadida suhbat jarayoni onlayn formatda o‘tkazildi.
Ushbu jarayon ilmiy tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildirayotgan izlanuvchilar uchun:
o‘z ilmiy g‘oyalarini taqdim etish,
ilmiy faoliyatni boshlash,
xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini yaratdi.