
2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida “VII UzGTL stipendiya” tanlovi va ishlab chiqarish amaliyotiga saralash dasturi e’lon qilindi (https://t.me/uzbgtl/4397).
Tanlovda texnika va texnologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavrlari hamda 1-, 2-bosqich magistrantlari ishtirok etishlari mumkin. G‘oliblar uch bosqich natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Tanlov jarayoniga oid batafsil ma’lumotlar, jumladan keyingi bosqichga o‘tgan talabalar ro‘yxati, imtihon kuni, joyi va vaqti Korxonaning rasmiy veb-sayti (uzgtl.com) hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.
G‘olib talabalar 2025/2026-o‘quv yili davomida stipendiya bilan ta’minlanadilar va o‘qishni tamomlagach, doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘ladilar. Dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etgan, ammo g‘olib bo‘la olmagan talabalar ham “Uzbekistan GTL” MChJ zavodida kengaytirilgan ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Tanlovda oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Batafsil (https://telegra.ph/VII-UzGTL-stipendiya-tanlovi-09-19-2)