TATU 2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik uchun mavjud ixtisosliklar bo’yicha hujjat qabulini e’lon qiladi!

  • Asosiy
  • TATU 2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik uchun mavjud ixtisosliklar bo’yicha hujjat qabulini e’lon qiladi!

🏛MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
2025-yil uchun tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik uchun mavjud ixtisosliklar(57-bet) (https://t.me/tuit_doktorantura_official/117) bo’yicha hujjat qabulini e’lon qiladi!

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza-TATU rektori nomiga;
2. Ilmiy rahbar rozilik xati (ariza bilan yuklanadi);
3. Biografik maʼlumot (obʼektivka);
4. Bakalavr va magistratura diplomi yoki oliy maʼlumot (1997-yilgacha) diplomi nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
6. Pasport nusxasi;
7. Davlat stipendiyasi hujjati nusxasi (mavjud boʻlsa);
8. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B2” daraja. Stajor-tadqiqotchilikga talab etilmaydi.

Barcha hujjatlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (DARAJA.ILMIY.UZ) orqali, pdf shaklida tayyorlab 15-sentabrdan 15-oktabrgacha yuboriladi.