
Tadbir Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta’lim vazirligi huzuridagi Axborot va hisoblash texnologiyalari instituti tomonidan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti, Turan universiteti va Lyublin texnologiya universiteti (Polsha) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
🌍Konferensiya Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkiya, Vetnam, Vengriya, Gruziya va boshqa mamlakatlardan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar va IT sohasidagi mutaxassislarni birlashtirdi.
🚫Konferensiya davomida informatika, hisoblash matematikasi, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlaridagi dolzarb mavzular muhokama qilindi.
🗣 Ushbu nufuzli konferensiyada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari:
⏺ t.f.d., professor Nazirova Elmira Shodmonovna (Televizion texnologiyalar fakulteti dekani);
⏺ PhD Tastanova Saida Aldiyarovna (Televizion va media texnologiyalar kafedrasi v.b. dotsenti);
⏺ PhD Abidova Shaxnoza Baxodirovna (Multimedia texnologiyalari kafedrasi v.b. dotsenti) — o‘z ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etdilar.
🤝Konferensiya davomida TATU delegatsiyasi Qozog‘iston Milliy universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Galeeva Alina Kulbayevna, “Axborot texnologiyalari” fakulteti dekani Imankulov Timur Sakenovich va “Sun’iy intellekt va BIG DATA” kafedrasi mudiri Mansurova Madina Esimxanovna bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
✅Bu uchrashuvlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!