👍Bir hafta davom etadigan dasturning birinchi manzili Dongguandagi Huawei kompaniyasining bosh qarorgohi bo‘ldi. Uch kun davomida talabalar:
⏺19 ta mamlakat ishtirokchilari bilan tanishdilar;
⏺Sun’iy intellekt, 5G va bulutli texnologiyalar bo‘yicha ma’ruzalarda qatnashdilar;
⏺Kompaniya mutaxassislari va murabbiylar bilan muloqot qildilar;
⏺Huawei kompaniyasining e’tirofga sazovor va aqlli kampusiga tashrif buyurdilar;
⏺Va o‘zlari uchun raqamli dunyoda yanada ko‘proq imkoniyatlarni ochdilar.
🏛Faxr bilan ma’lum qilamizki, TATU talabasi Dilmurod Murodov ushbu loyihada O‘zbekiston nomidan ishtirok etuvchi 10 nafar talabadan biri bo‘ldi.
🗒Dastur raqamli iste’dodlarni rivojlantirish, sun’iy intellekt, 5G, bulutli texnologiyalar va innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida bilim almashishga qaratilgan. Bir hafta davomida 19 mamlakatdan 150 nafar ishtirokchi Huawei kompaniyasining yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashadi.
📈Safarning boshlanishi ma’rifiy bo‘lib, AKT iste’dodlari bilan o‘zaro muloqotga to‘la bo‘ldi.






