🗒 2024-yil 28-yanvardan 8-fevralgacha Startup Campus – xalqaro markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Discover Central Asia” innovatsion dasturi doirasida Yevropa va O‘zbekiston bozoridagi IT va biznes sohasi vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan.

  • Asosiy
  • 🗒 2024-yil 28-yanvardan 8-fevralgacha Startup Campus – xalqaro markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Discover Central Asia” innovatsion dasturi doirasida Yevropa va O‘zbekiston bozoridagi IT va biznes sohasi vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan.

🗒 2024-yil 28-yanvardan 8-fevralgacha Startup Campus – xalqaro markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Discover Central Asia” innovatsion dasturi doirasida Yevropa va O‘zbekiston bozoridagi IT va biznes sohasi vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbirda yetakchi tashkilotlar va IT kompaniya xodim va rahbarlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, istiqbollarni belgilab olish rejalashtirilgan. Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tayanch doktoranti E.E.Sayfiyev Yevropa tashkilotlari bilan hamkorlikda start-up loyihalarini rivojlantirish, TATUning to‘g‘ridan to‘g‘ri yevropa bozoridagi dasturiy mahsulotlar buyurtmalarini qabul qilish masalalarini muhokama qilish belgilab berildi.

🤝 Yevropadagi Startup Campus rahbariyati bilan yopiq yig‘ilish ham tashkil etilib, o‘zaro ikki tomonli startap g‘oyalarini rivojlantirish, kadrlar, xususan, PhD tabalarini yevropada salohiyatini oshirish yuzasidan muzokaralar amalga oshirildi. Dastur doirasida o‘zaro hamkorlik yuzasidan Budapesht texnologiya va iqtisodiyot universitetiga amaliy tashrif tashkil etildi.