✅. 2023-yil 26-yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida har tomonlama strategik sheriklik toʻgʻrisida deklaratsiya” imzolangan. Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk va innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida hamkorlik bitimi amalda. (https://daryo.uz/2023/01/27/ozbekiston-va-qirgiziston-ortasida-qanday-hujjatlar-imzolandi-royxat)
Qirgʻiziston Respublikasi Osh davlat universiteti rektori K.G. Kojobekov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda TATU Farg‘ona filiali direktori Farrux Muxtarov va Osh davlat universiteti rektori Kudayberdi Kojobekov, Tashqi aloqalar boʼyicha prorektor Kursantbek Аttakurov, kafedra mudurlari hamda IT instituti direktori ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuvda sunʼiy intellekt, Mexatronika va robototexnika yo‘nalishlari boʼyicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish boʼyicha kelishuvga erishildi.