Universitetimiz doktoranti “Scopus Awards- 2023” da eng faol yosh olim sifatida taqdirlandi.

  • Asosiy
  • Universitetimiz doktoranti “Scopus Awards- 2023” da eng faol yosh olim sifatida taqdirlandi.

Universitetimiz doktoranti “Scopus Awards- 2023” da eng faol yosh olim sifatida taqdirlandi.

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Xalqaro Forum doirasida Respublikamizning 130 dan ortiq oliy taʼlim hamda ilmiy tadqiqot tashkilotlari uchun xalqaro maʼlumotlar bazasi obunasiga start berildi hamda Respublikamizning “Scopus” maʼlumotlar bazasida nashr etish boʻyicha eng yuqori natijalarga erishgan tashkilot hamda olimlarni taqdirlash marosimi – “Scopus Awards- 2023” oʻtkazildi.

Quvonarlisi, “Scopus Awards - 2023” taqdirlash marosimida Universitetimiz doktoranti Reypnazarov Yernazar Nurjamievich ”Computer Science” va ”Decision Sciences” nominatsiyalarida Scopus bazasidagi nashr faolligi bo‘yicha eng yaxshi muallif sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan unga, “Elsevier” kompaniyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan statuetka, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

Doktorantimizning ilmiy faoliyatiga zafarlar tilagan holda, universitetimiz salohiyatini oshirishda o‘z hissangizni qo‘shishdan, yosh tadqiqotchilar va hamkasblaringizga namuna bo‘lishdan to‘xtamang deb qolamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin!