“2021-yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

  • Asosiy
  • “2021-yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi – mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqeadir. 2017-yildan buyon anʼanaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar eʼlon qilinadi.

Bugun Gurlan tumani hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar va Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori doirasidagi “2021 yil: yangi marralar, yakdil qadamlar” mavzusidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Boboyorov Bobomurod - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti (fan nomzodi, PhD), guruh rahbari, Atabek Saparbayev - TATU Urganch filiali bo‘lim boshlig‘i, Nodir Avezov - TATU Urganch filiali dekan muovini, G‘ulom Ahmedov - TATU Urganch filiali dekan muovini, Maqsuda Xudoyberganova - TATU Urganch filiali amaliyotchi psixologi, Fazliddin Jumaniyozov - TATU Urganch filiali o‘qituvchilari tadbir ishtirokchilariga “Murojaatnoma”ning asl mazmun-mohiyati, joriy yilda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, belgilangan aniq vazifa va takliflar yuzasidan batafsil tushuntish ishlarini olib bordilar.

Shundan so‘ng 2020 yilning 24 dekabrda Prezidentimizning "Yoshlar forumi"da so‘zlagan nutqi va Prezidentimizning Murojaatnomada bergan takliflari yuzasidan videorolik namoyish etildi.

TATU matbuot xizmati