2021 yil 23 avgust kuni TATU-BDIRU axborot texnologiyalari qo'shma fakulteti qoshidagi tayyorlov kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • 2021 yil 23 avgust kuni TATU-BDIRU axborot texnologiyalari qo'shma fakulteti qoshidagi tayyorlov kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

2021 yil 23 avgust kuni TATU-BDIRU axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti qoshidagi tayyorlov kurslarini tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tayyorlov kurslarida 9 oy davomida " Rus tili", "matematika", "Fizika", "Informatika asoslari" va "Ingliz tili" fanlaridan ta’lim berilgan. Darslar TATUning tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan. Ushbu sertifikat tinglovchiga BDIRU vakillari tomonidan o‘tkaziladigan ichki imtihonda qatnashmaslik huquqini beradi.
"Biz TATU-BDIRU axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti qoshidagi tayyorgarlik kurslarida tahsil oldik. Barcha darslar rus tilida o‘tkazildi. Bugun baxtliman! Chunki men barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdim va uzoq kutilgan sertifikatni oldim. Men TATUda va BDIRUda o‘qishimizdan va ikkita diplomga ega bo‘lishimizdan juda mamnunman. Diplomimiz nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda ham e’tirof etiladi. TATU rahbariyatiga yaratilgan sharoitlar uchun oz minnatdorchiligimni bildiraman. Umid qilamanki, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatib, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lib, ustozlarimning ishonchini oqlayman", - deydi tayyorlov kurslari tinglovchisi Efremova Alina.