Akademik litseyda maslahat kengashi faoliyati to‘g‘ri tashkil etilganligi sabab qabul jarayoni hech qanday muammolarsiz, shaffoflik bilan o‘tkazildi.
Akademik litseyga Aniq fan-1(texnika), Aniq fan-2 (iqtisod) yo‘nalishlariga jami 1845 nafar abituriyentning hujjatlari qabul qilindi. Shundan Aniq fan-1 yo‘nalishiga 675 nafar o‘zbek, 276 nafar rus, Aniq fan-2 yo‘nalishi bo‘yicha 566 nafar o‘zbek, 328 nafar rus abituriyentlar hujjatlari qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qarorida ko‘rsatilganidek, akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni akademik litseylarga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish, ulardagi keng dunyoqarash, intellektual salohiyat va ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida, tajriba tariqasida ikki bosqichli tizim asosida qabul qilinishi ta’kidlangan.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o‘tkaziladigan test sinovlari bilan birgalikda dastlabki yozma imtihon akademik litseyda o‘tkaziladi.
Yurtimizda kechayotgan epidemiologik vaziyatning rivojlanayotganligi, aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi sabab kasallikni ko‘payib ketmasligini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llagan holda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyida o‘tkaziladigan dastlabki yozma imtihon bir oz muddatga kechiktirilganligini ma’lum qilamiz.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyining qabul bo‘yicha maslahat kengashi