Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti talabalarini dam olish kunlari vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 2-TTJda"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti talabalarini dam olish kunlari vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 2-TTJda"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Radio va Mobil aloqa fakulteti talabalarini dam olish kunlari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2-TTJda"Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu o‘yinda 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ular:
Ideal jamoasi, Aloqachilar jamoasi, Zulfiyaxonim qizlari jamoasi, Exclusive jamoasi, TUIT Mobil jamoasi va al-Xorazmiy jamoalari qatnashib o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin mantiqiy, siyosiy, tarixiy blits-savollarga boy bo‘ldi.
🥇TUIT Mobil jamoasi
🥈Zulfiyaxonim qizlari jamoasi
🥉Exclusive jamoasi

G‘oliblarga esdalik bilan taqdirlandilar.

“Zakovat” intellektual o‘yinini yoshlarning sevimli mashg‘uloti sifatida rivojlantirish uchun universitetda doimiy ravishda turnir o‘yinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.