19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.

  • Asosiy
  • 19-sentyabr kuni Latviyaning yetakchi Oliy ta'lim muassasi hisoblangan Riga texnika universiteti, IT ta'lim kurslarini taklif qiluvchi Baltijas Datoru Akadēmija (BDA) kompaniyasi va iqtidorli yoshlarni ish bilan ta'minlovchi Talzy kompaniyasi delegatsiyasi Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasi vakili Jelena Puncule boshchiligida TATUga tashrif uyushtirildi.

👥 Tashrifdan maqsad TATU hamda Latviya OTM va kompaniyalari o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Barcha tomonlar o‘z taqdimotlarini namoyish etgan holda, tashkilotlar o‘rtasida mos yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

✅ Riga texnika universiteti bilan amalga oshiriliyotgan UzMedEn ERASMUS+ loyihasi doirasida rejalashtirilgan oktyabr oyidagi uchrashuvda Riga texnika universiteti Fan va innovatsiyalar markazi, TATU Ilmiy tadqiqot va texnologiyalar transferi markazi o‘rtasida aloqalar o‘rnatishga kelishib olindi.