Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 million so‘mlik “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan raqamli texnologiyalar bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 150 million so‘mlik “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Ko‘pchilik talabalarning talablari va murojaatlarini inobatga olgan holda hamda tanlovda qatnashuvchi talabalar qamrovini kengaytirish maqsadida:

✅ Unicorn-AI Startap tanlovi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish sanasi 23-martgacha (shu kuni ham);

✅ Robototexnika musobaqasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish 26-martgacha;

✅ “Kelajak texnologiyalari” ilmiy innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish esa 30-martgacha uzaytirildi.

📝 Ma’lumot uchun:
Dron bo‘yicha musobaqa, “Kelajak texnologiyalari” ilmiy innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi hamda Robototexnika musobaqalarining final bosqichilari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

✈️@tuituz_official