Joriy yilning 11-14-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida “China International College Students Innovation Competition-2025” mavzusidagi Xitoy xalqaro talabalar innovatsiyalar tanlovining Markaziy Osiyo mamlakatlari aro mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 11-14-iyun kunlari Qozog‘iston Respublikasining Astana shahrida “China International College Students Innovation Competition-2025” mavzusidagi Xitoy xalqaro talabalar innovatsiyalar tanlovining Markaziy Osiyo mamlakatlari aro mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu innovatsiyalar tanlovida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistrantlari o‘z innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdilar.

Mazkur tanlovda TATU “Kompyuter tizimlari” kafedrasi dotsenti Charos Xidirova rahbarligida “Kompyuter tizimlari” yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlari – Abdullaxo‘jayev Saidislombek, Hengzhe Zhang, Kong Chuinan va Jamoliddinov Dilshodbek “Development of a web platform for cancer and its types prediction based on data analysis” (ma’lumotlar tahlili asosida saraton va uning turlarini bashorat qilish veb-platformani ishlab chiqish) mavzusidagi loyihalari bilan ishtirok etdilar va keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Magistrlarimizning kelgusidagi ishlariga muvoffaqiyatlar tilab qolamiz!