11-fevral — “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni”

  • Asosiy
  • 11-fevral — “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni”

11-fevral — “Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayol-qizlar kuni” munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “ILM VA AYOL: BARQAROR JAMIYAT SARI” shiori ostida, 2026-yil 11–14-fevral kunlari haftalik tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

👩‍🏫 Hurmatli ustozlar, olima ayollar, ilmga intilayotgan talaba-qizlar va yosh tadqiqotchilar! Sizlarni ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan mazmunli va ilhomlantiruvchi tadbirlar haftaligida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬Haftalik doirasida:
• Oliy ta’lim muassasalarida
“Olima ayollar — e’tiborda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar;
• Talaba-qizlar o‘rtasida ijodiy va motivatsion ruhdagi
“Qizlar party” tadbiri;
• “IT va sun’iy intellektda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida
forum va ko‘rgazma, innovatsion g‘oyalar, startaplar hamda ilmiy ishlanmalar taqdimoti tashkil etiladi.

👀Tadbirlarning asosiy maqsadi:
• Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida ayollarning rolini yuksaltirish;
• Talaba-qizlarning ilmiy, ijodiy va texnologik salohiyatini rivojlantirish;
• Ayollarning IT va sun’iy intellekt sohasidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash;
• Ilmga qiziqish, motivatsiya va ijtimoiy faollikni oshirish.

📣 Barchangizni tadbirlarda faol qatnashishga chorlaymiz!