11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Ilmda mening orzularim mavzusidagi talaba-qizlar o‘rtasida ijodiy rasmlar tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • 11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Ilmda mening orzularim mavzusidagi talaba-qizlar o‘rtasida ijodiy rasmlar tanlovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.


Tanlovda barcha fakultetlardan faol va iqtidorli talaba-qizlar ishtirok etib, ilm-fan, texnologiya va kelajak ayol olimalar obrazini ijodiy yondashuv asosida namoyon etdilar.

 TANLOV NATIJALARI:
1-o‘rin
Nominatsiya: “Ilm va texnologiya kelajagi”
⏺ G‘oliba: Ilyosova Manzura;
⏺ Fakultet: KIF.
2-o‘rin
Nominatsiya: “Ayol olima timsoli”
⏺ G‘oliba: Ramazonova Sevinch;
⏺ Fakultet:АKT s КТ
3-o‘rin
Nominatsiya: “Men yaratadigan kashfiyot”
⏺ G‘oliba: Erkinova Ziyoda;
⏺ Fakultet: DIF.

Shuningdek, AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti talabalari Allanazarova Komila va Xoljigitova Ozodalar qobiliyatli mo‘yqalam sohibalari sifatida e’tirof etildilar.
Barcha ishtirokchilarning ijodiy ishlari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi hamda ularga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirildi.

Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Barcha g‘olib va ishtirokchi qizlarni samimiy tabriklaymiz!
Ilm yo‘lidagi orzularingiz ulkan yutuqlarga aylansin!